Jamiyat
Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirligiga kirishi taqiqlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning maʼlum qilishicha, tarqalayotgan bunday xabarlar asossiz va feykdir.
“Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi mavjud vizasiz tartib oʻz kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday maʼlumot bermagan”, deb yozadi u oʻz Telegram sahifasida.
Burhonov fuqarolardan faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni soʻramoqda.
Maʼlumot uchun, 20-aprel kuni Dubay shahrida Oʻzbekistonning oʻnlab fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik sodir etilgani tasvirlangan videolar tarqalgan edi. BAA tomoni ushbu ish doirasida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olinganini bildirgan.
Mazkur voqeadan keyin Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari koʻpayayotgani vizasiz tartibga taʼsir koʻrsatishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q