
Jamiyat
Adliya vazirligi mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining monitoringini taqdim qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2025-yilning oʻtgan I choragi davomida jami 42 188 ta qaror qabul qilgan boʻlib, shundan 33 127 tasi hokim, 9 061 tasi Kengash qarori hisoblanadi. Qolgan 348 tasi esa normativ tusdagi hujjat boʻlgan.
Hududlar kesimida qaralsa, eng koʻp hokim qarori Toshkent viloyatida ( 3 875 ta), eng kami Navoiy viloyatida (1 438 ta) qabul qilingani oydinlashadi.
Eng koʻp Kengash qarori qabul qilingan hudud esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi deya koʻrsatilgan – 791 ta.
Umumiy qarorlarning katta qismi davlat boshqaruviga oid – 17 565 ta.
Maʼlumotga koʻra, Surxondaryo viloyatida yopiq holda qabul qilingan qarorlar soni koʻp – 1 364 ta. Undan keyingi oʻrinda Toshkent viloyati turibdi – 1 238 ta.
Jami qarorlarning 122 tasi bekor qilingan. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganlari esa 2 ta.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q