Oʻzbekiston oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mintaqada yetakchilik qilmoqda

Saqlash
11:38 / 26.04.2025 121 0

Global Hunger Index (GHI) 2024-yilgi dunyo mamlakatlarining Ochlik Indeksini taqdim qildi.

 

Maʼlumotga koʻra, Oʻzbekiston 2021–2023-yillarda 21 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etib, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi borasida yetakchilik qilmoqda.

 

Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi siyosiy va institutsional yondashuvlarining samaradorligini koʻrsatadi.

 

2024-yil holatiga koʻra Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar reytingi:

🔹 Qozogʻiston – 25 ball;

🔹 Qirgʻiziston – 36 ball;

🔹 Tojikiston – 65 ball;

🔹 Turkmaniston – 50 ball.

 

2020-yilga nisbatan GHI dinamikasi tahlil qilinadigan boʻlsa:

▪️ Tojikiston – eng ogʻir holatda, oxirgi uch yil ichida indeks 62–67 ball oraligʻida boʻlib, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida jiddiy muammolar mavjud.

 

▪️ Qozogʻiston – 2020-yilda 21 ball bilan boshlagan, biroq 2021-yilda indeks 28 ballgacha koʻtarilgan. Hozirda esa 24–25 atrofida barqarorlashgan. Bu oziq-ovqat xavfsizligida muayyan tahdidlar borligini anglatadi.

 

▪️ Qirgʻiziston – asta-sekin ijobiy oʻzgarishlar mavjud: indeks 42 dan 36 gacha pasaygan.

 

▪️ Turkmaniston – 2020-yildan buyon 48–52 ball oraligʻida saqlanib qolmoqda. Bu mamlakatdagi barqaror, biroq muammoli vaziyatni bildiradi.

 

Maʼlumot uchun, Global Hunger Index har yili xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinadi va bolalar oʻlimi, oʻsishdan qolish, kam vaznlik va aholi orasida yetarli ovqatlanmaslik kabi koʻrsatkichlar asosida shakllantiriladi.

 

U oziq-ovqat xavfsizligini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholaydi:

🔹 Ovqatlanish sifati va yetarli darajadagi isteʼmol;

🔹 Bolalar salomatligi va oʻsish surʼatlari;

🔹 Umumiy sogʻliq va ijtimoiy infratuzilma holati.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//