
Jahon
Bolaga mustaqil fikrlashni oʻrgatish – bu uning kelajakdagi muvaffaqiyati, muammolarni hal qilish qobiliyati va sogʻlom psixologik rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Xatti-harakati uchun doimiy tanqid qilish bolaning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga salbiy taʼsir qiladi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, tanqid bolalarda oʻziga ishonchsizlikni kuchaytiradi va ular oʻz fikrlarini bildirishdan yoki xato qilishdan qoʻrqib qolishadi. Bu esa ularning mustaqil fikrlash imkoniyatini cheklab qoʻyadi.
Parents jurnalida chop etilgan maqolada bolalarni tanqid qilish oʻrniga, ularning xatti-harakatlarini tushunishga harakat qilish va ularni qanday tuzatish mumkinligini shunchaki koʻrsatib berish kerak ekan. Ekspertlarning fikricha, tarbiya jarayonidagi mazkur yondashuvlar bolalarning oʻz xatolarini tushunishiga va kelajakda toʻgʻri qarorlar qabul qilishiga yordam beradi.
Time jurnalida eʼlon qilingan yana bir maqolada ortiqcha tanqid bolada oʻziga boʻlgan ishonchni pasaytirishi va uni oʻz fikrini bildirishdan qoʻrqitib qoʻyishi taʼkidlanadi. Oqibatda, uning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanmay qoladi. Shuning uchun ham bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirishda buyruq va tanqidlarni kamaytirish, ularni tinglash va qoʻllab-quvvatlash tavsiya etiladi.
Qattiqqoʻllik va talabchanlik esa, aksincha bolaning ruhiy holatiga salbiy taʼsir qiladigan tarbiya uslubi hisoblanar ekan.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q