Jamiyat
Yuqori lavozimli amaldorlar hamda taniqli shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangani to‘g‘risida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati davlat boshqaruv organlari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohalari rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Natijalar sarhisob qilinib, mininnovation.uz saytida e’lon qilindi.
Hozirda aholini immunizatsiya qilish har qachongidan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Jamoaviy immunitet hosil qilish uchun emlanish darajasini oshirish o‘limgacha olib keluvchi infeksiyadan himoyalanish hayot-mamot masalasiga aylandi. Ommaviy vaksinatsiya borasida O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar, aholi uchun bir necha turdagi vaksinalarning taklif etilishiga qaramay aholi o‘rtasida mazkur jarayonlarga nisbatan turlicha qarashlar, fikrlar va savollar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, rahbarlar koronavirusga qarshi emlandimi, emlangan bo‘lsa qaysi vaksinani oldi, degan savollar kelib tushayotgani bois ma’lumotlar yig‘ilib taqdim etilmoqda, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q