Turkiya oʻzbekistonlik tikuvchilarni ishga taklif qilmoqda

Saqlash
15:47 / 25.04.2025 101 0

Taklif qilinayotgan ish oʻrni 205 ta boʻlib, ularga 23–50 yosh oraligʻida boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.

 

Ish haqi soha yoʻnalishi qarab farq qiladi. Jumladan:

▪️ tikuvchi uchun – 24 850 turk lirasi;

▪️ modelchi uchun – 31 100 turk lirasi;

▪️ (ingliz tilini biladigan) mijozlar bilan ishlovchi xodim uchun – 31 500 turk lirasi toʻlanadi (summalar umumiy xarajatlar ayirib tashlangan holda koʻrsatilgan).

 

Bundan tashqari, qoʻshimcha ish soatlari uchun ham ustama haq toʻlanadi

 

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

▪️ sudlanmaganlik;

▪️ Oʻzbekistondan chiqishga yoki Turkiyaga kirishga taqiqi boʻlmasligi;

▪️ sohada kamida bir yillik tajribaga ega boʻlish;

▪️ ruhan va jismonan sogʻlom boʻlish.

 

Imtiyozlar:

▪️ Turkiyadan Oʻzbekistonga qaytish uchun aviachipta;

▪️ yotoqxona;

▪️ bir mahal ovqatlanish;

▪️ kasbga oʻqitish;

▪️ ichki transport;

▪️ sugʻurta;

▪️ ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari.

 

Nomzod Oʻzbekistondan Turkiyaga boruvchi aviachipta hamda ishchi vizasi uchun ketadigan xarajatlarni oʻz hisobidan qoplaydi.

 

Mazkur manzil orqali batafsil maʼlumot olish va ushbu havola yordamida tanlovga ariza topshirish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//