
Jamiyat
2025-yil 22-aprel kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan kreditorlarning garovdagi mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlash, kreditorlar talablarini suddan tashqari tartibda qondirish tizimini rivojlantirish, majburiyatlarni garovdagi mol-mulk hisobidan undirish jarayonlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bunda ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
▪️ kredit qarzdorligi summasi garov qiymatining 15 foizidan kam boʻlsa hamda kredit toʻlovini kechiktirish ketma-ket 3 oydan kam boʻlsa, undiruv garov mulkiga qaratilmaydi;
Oldin ham kredit qarzdorligi miqdori juda arzimas boʻlganda undiruv garov mulkiga qaratilmasligi qonunchilikda koʻrsatilgan edi, biroq uning miqdori aniq belgilanmaganligi sababli bu norma amaliyotda turlicha talqin etilib kelingan.
▪️ taraflarning roziligi mavjud boʻlgan hollarda, undiruvni garovdagi mulkka qaratishni sudning ishtirokisiz amalga oshirish mumkin;
Ushbu oʻzgartirishga qadar kreditdan qarzdorlikni qoplash uchun garovdagi mulkni sotishga qarzdor va uchinchi shaxslar (masalan, turmush oʻrtogʻi) rozilik bergan taqdirda ham undiruv sud tartibida hal etilishi shart edi.
▪️ “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunga kreditdan qarzdorlikni undirish garov mulkiga qaratilganda, mulk auksionga bozor qiymatida qoʻyiladi;
Bu bank va qarzdorlarning ortiqcha ovoragarchiligini, undiruv muddati asossiz choʻzilishini va ortiqcha sud xarajatlarini oldini oladi.
▪️ Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdorlikni garov hisobidan undirish boʻyicha ishlar yuridik shaxsni iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilganida hamda unga nisbatan tugatish ishini yuritish jarayonida ham davom ettiriladi.
Oʻzgartirishlar Fuqarolik kodeksiga, shuningdek, “Garov toʻgʻrisida”gi, “Ipoteka toʻgʻrisida”gi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunlariga kiritilmoqda.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q