Dam olish kunlari ayrim joylarda harorat +39 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
12:22 / 25.04.2025 87 0

Oʻzgidromet 27-aprelgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini taqdim qildi.

 

Unda yozilishicha, bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Ushbu kunlarda havo harorati koʻtarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo +27– +30, yakshanba kuniga kelib esa +32– +35 darajagacha isiydi.

 

Dam olish kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarining baʼzi joylarida harorat +36– +39 darajagacha koʻtariladi.

 

Toshkent shahrida +25– +27-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

Bugun kunduzi harorat +28– +30, shanba kuni +30– +32. yakshanba kuni +32– +34 daraja boʻladi.

 

Harorat asosan kechalari +15– +18 daraja boʻladi.

 

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//