Eng yopiq davlat idoralari nomi ochiqlandi (ro‘yxat)

Saqlash
10:21 / 25.04.2025 204 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yil yakunlari boʻyicha Ochiqlik indeksini eʼlon qildi.

 

Baholash natijalariga koʻra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (2023-yilda 43 ta) va 13 tasi “qizil” (2023-yilda 29 ta) samaradorlik koʻrsatkichlarini qayd etgan.

 

Eng yuqori baholarni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (91,8 ball), Soliq qoʻmitasi (90,1 ball), “Oʻzavtosanoat” AJ (89,3 ball), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (89,2 ball) olgan.

 

Ochiqlikda samaradorlik koʻrsatmagan “qizil” toifadagi tashkilotlar qatorida esa Andijon viloyati hokimligi (28,5 ball), Kinematografiya agentligi (30,4 ball), Oila va xotin qizlar qoʻmitasi (50,9 ball), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (52,5 ball) hamda Fargʻona viloyati hokimligi (54,9 ball) kabilar bor.

 

 

Agentlik “ijobiy oʻzgarishlar” deya quyidagilarni koʻrsatmoqda:

▪️ joriy yil baholashda oʻtgan yilga nisbatan “yashil” toifada baholangan davlat idoralari koʻlami 21 %ga koʻpayib, “qizil” toifadagilar 15 %ga (ijobiy oʻsish koʻrsatkichlari boʻyicha) kamaygan;

▪️ bu yil reyting natijalari oʻrtacha 70 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 8 ballga oshgan;

▪️ eng yuqori ijobiy oʻsish “Uzbekistan Airways” AJ (+42 ball), Transport nazorati inspeksiyasi (+46 ball), Sport vazirligi (+47 ball), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (+52 ball) tomonidan qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//