
Jamiyat
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan 9 ta noyob daraxtning nomzodnomalari tayyorlandi va ular “MonumentalTress.com” xalqaro roʻyxatiga nomzod etib koʻrsatildi.
Bular:
▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani hududidagi yoshi 100-yildan oshgan qayragʻoch daraxtlari (jami 5 ta);
▪️ Jizzax viloyati Jizzax shahridagi yoshi 200-yildan oshgan tut daraxti;
▪️ Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahridagi 250-300 yoshli tut daraxti;
▪️ Narpay tumanidagi 450-yillik chinor daraxti;
▪️ Payariq tumanidagi 1000 yoshdan oshgan chinor daraxti.
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur xalqaro roʻyxatga oʻz tabiiy meros obyektlarini kiritgan birinchi, MDH davlatlari orasida esa uchinchi davlatga aylandi (Rossiya va Ozarbayjondan soʻng).
Ayni damda Ekologiya vazirligi tomonidan mamlakatdagi koʻp yillik noyob daraxtlarni “MonumentalTrees.com” roʻyxatiga kiritish yuzasidan harakatlar davom ettirilmoqda.
Maʼlumot uchun, avvalroq Jizzax viloyati Forish tumanidagi sharq biotasi daraxti (yoshi 1500-yil), Samarqand viloyati Urgut tumanidagi chinor daraxti (yoshi 1160-yil), Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi archa (yoshi 1000-yil), yongʻoq (yoshi 800-yil) hamda chinor daraxtlari (yoshi 600-yil), Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Sayrob” qishlogʻidagi chinor daraxti (yoshi 900-yil), Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri “Dorus-Saodat” memorial majmuasi hududidagi chinor daraxti (yoshi 700-yil) va Jizzax viloyati Zomin milliy tabiat bogʻi hududidagi boboyongʻoq daraxti (yoshi 700-yil) ushbu xalqaro roʻyxatga kiritilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q