Bolalar muntazam kaltaklangan “Tanzilandiya” bogʻchasining litsenziyasi bekor qilindi

Saqlash
17:19 / 24.04.2025 130 0

 

Sud apellyatsiya shikoyatini ham qanoatlantirmagan.

 

14-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Kichik avtomobil halqa yoʻli va Buyuk ipak yoʻli yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan “YUKSALISH CONSTRUCTION” (“Tanzilandiya”) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish oʻtkazilgan.

 

Natijada aniqlangan qoʻpol kamchiliklar asosida “YUKSALISH CONSTRUCTION” xususiy bogʻchasining litsenziyasini bekor qilish boʻyicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritilgan.

 

2024-yilning 19-mart kuni sudning hal qiluv qarori bilan “YUKSALISH CONSTRUCTION” xususiy bogʻchasi 2019-yil 27-dekabr kunidagi MT-1104-son litsenziyasi bekor qilingan.

 

Sudning qaroridan norozi boʻlib, javobgar “YUKSALISH CONSTRUCTION” xususiy bogʻchasi iqtisodiy ishlar boʻyicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritgan.

 

23-aprel kuni soat 12:00 da Toshkent shahar sudida sudya Usmanov Anvar Akramovich raisligida mazkur ish koʻrib chiqildi. Sud hayʼati tomonidan javobgar “YUKSALISH CONSTRUCTION” ning apellyatsiya shikoyati qanoatlantirishni rad etdi va birinchi instansiya hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//