Oʻzbekistonda Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

Saqlash
14:59 / 24.04.2025 47 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻrtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki davlat hamkorligida Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etilishiga oid masalalar muhokama qilindi.

 

 

Universitet Toshkent davlat texnika universiteti hududida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuvda taʼlim dasturlari, oʻquv rejalari va akkreditatsiya jarayonlarini tez va muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruh tuzish taklifi ilgari surildi. Guruh tarkibiga Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari kiradi.


Shuningdek, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab fransuz tili va adabiyoti boʻyicha magistratura dasturini tayyorlov kursisiz ochish taklifi bildirildi. Shu sanadan boshlab muhandislik (bioinformatika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari) va transport (intellektual logistika tizimlari) yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlov kurslari tashkil etish, magistraturaga qabul jarayonlarini boshlash belgilandi.

 

 

Maʼlumot uchun, 2025-yil 19–20-may kunlari Fransiyaning yetakchi universitetlari rahbarlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish va uning amaliy faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//