
Jamiyat
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi. Bu prezidentning sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish choralariga doir qarorida belgilangan.
Qarorga koʻra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi. Bundan tashqari, quyidagi muassasalar qayta nomlanadi:
Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi — Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari — Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib;
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi — Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib.
Taʻlim dasturlarini xalqaro tibbiy taʻlim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy taʻlim dasturlarini joriy etish universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Hujjat bilan, shuningdek, universitet tibbiyot sohasi uchun oliy maʻlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yetakchi oliy taʻlim muassasasi hisoblanadi.
Universitetga talabalarni oʻqishga qabul qilish 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi. Shu oʻquv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini ushbu universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.
2025/2026 oʻquv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.
Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan toʻldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q