Mirziyoyev va Berdimuhamedov Samarqandda bir qator tadbirlarda qatnashdi

Saqlash
09:17 / 24.04.2025 76 0

 

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

 

Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

 

 

Davlat rahbari matbuot xizmatiga koʻra, ular dastlab birgalikda Hazrati Xizr majmuasiga borib, birinchi prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat koʻrsatgan.

 

Qabrga gullar qoʻyilib, Qurʻon tilovat qilingan.

 

Soʻng yetakchilar Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bogʻi hududida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etgan.

 

Oliy martabali mehmon Oʻzbekiston xalqining boy madaniy merosini aks ettiruvchi koʻrgazmalar, hunarmandchilik va amaliy sanʻat namunalari bilan tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//