
Jamiyat
Navoiy viloyatining Konimex tumanida Oʻzbekistonda ilk marotaba sunʼiy ravishda yomgʻir yogʻdirish texnologiyasi ishga tushirilishi mumkin.
Viloyat matbuot xizmatining yozishicha, ushbu innovatsion loyiha Qozogʻistonning “International centre of climate change technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ushbu apparat atmosferadagi tabiiy jarayonlarga taʼsir koʻrsatib, bulut hosil qilish va yomgʻir yogʻdirish imkonini yaratadi.
“Ayni paytda bu innovatsiya suv manbalariga bogʻliqlikni kamaytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʻshadi hamda chorvachilik va dehqonchilik sohalaridagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga zamin yaratadi”, deb yoziladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, uzoq yillar davomida tumanda yogʻingarchilikning kamligi, qurgʻoqchilik va suv tanqisligi chorvachilikning rivojlanishiga jiddiy toʻsiq boʻlib kelayotgan edi.
Mutaxassislar fikriga koʻra, bunday yondashuv yaqin kelajakda Konimexda tabiiy resurslardan samarali foydalanishni kuchaytiradi, ekologik muvozanatni saqlashga koʻmak beradi va qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishiga turtki boʻladi.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q