Toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibga solinadi

Saqlash
10:24 / 23.04.2025 400 0

21-aprel kuni tasdiqlangan Prezident farmoniga koʻra, bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shular qatorida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha Oliy Majlis palatalari kengashining qoʻshma qaror loyihasini qabul qilish ham bor.

 

mazkur loyihada toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish boʻyicha yangi mexanizmlar nazarda tutiladi.

 

Ushbu hujjatni ishlab chiqish uchun joriy yilning avgustigacha boʻlgan davr muddat sifatida koʻrsatilgan.

 

Bunda masʼul tashkilotlar etib:

▪️ Oliy majlis palatalari;

▪️ Madaniyat vazirligi;

▪️ Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;

▪️ Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi koʻrsatilgan.

 

Loyiha toʻy-hasham, maʼraka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olish vazifasini bajarishi koʻzlagan. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladigan mexanizmlar sifatida qabul qilingan:

 

➖ toʻy-hasham, maʼraka va marosimlarda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida ijtimoiy roliklar ishlab chiqish, ularni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

 

➖ ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish borasida keng qamrovli tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish;

 

➖ ortiqcha isrofgarchilikning zararlari haqida qisqa metrajli film, ijtimoiy reklama, koʻrsatuv, eshittirish, podkastlar, maqolalar orqali targʻibot ishlarini amalga oshirish

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//