Jamiyat
Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Kashmir hududida sodir boʻlgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar nobud boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi.
Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilagan.
Maʼlumot uchun, kecha, 22-aprel kuni Jammu va Kashmirning bahsli Himoloy mintaqasida terror hujumi sodir boʻldi. Mazkur hodisa oqibatida kamida 26 kishi halok boʻlgan va oʻnlab kishi yaralangan.
Hujum togʻli Anantnag tumanidagi Pahalgamdagi mashhur sayyohlik maskanida uyushtirilgan.

CNN nashrining yozishicha, bu mintaqada soʻnggi yillarda tinch aholiga qilingan eng yomon hujum hisoblanadi.
Halok boʻlganlarning aksariyati sayohatchilar ekani aytilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111482
Jamiyat
94616
Jamiyat
90588
Jamiyat
74978
Jamiyat
//
Izoh yo‘q