
Jamiyat
“Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʻrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni imzolandi.
Farmonga koʻra, Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik gʻoyalarini ilmiy asosda oʻrganish ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U islomshunoslik yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Diniy-maʻrifiy sohada taʻlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash diniy-maʻrifiy sohada taʻlim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga masʻul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash quyidagi tashkilotlarning taʻlim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
- Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
- Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
- boshqa diniy-maʻrifiy muassasalar.
Shuningdek, Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash faoliyati takomillashtirilib, uning tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislar kuzatuvchi sifatida kiritiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q