Prezident aprel oyida muvaffaqiyatga erishgan yana bir qancha sportchilarni ham qutladi

Saqlash
15:02 / 22.04.2025 55 0

Saudiya Arabistoni maydonida o‘tgan Osiyo Kubogida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining munosib g‘alabasi qatorida yurtimiz sportchilari yana bir qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Xususan, Armanistonda o‘tkazilgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonda ajoyib natija ko‘rsatdi. Xokkeychilarimiz o‘z divizionida g‘olib bo‘lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

 

 

Ta’kidlash joiz, mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoamiz g‘alaba qozongan edi.

 

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz jami 12 ta medal – 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

 

Davlatimiz rahbari xokkeychi va yengil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//