DXX tomonidan korrupsion holatlar aniqlandi

Saqlash
11:23 / 22.04.2025 196 0

Davlat xavfsizlik xizmati Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda bir qancha korrupsion holatlarni aniqladi.

 

Xususan, poytaxtdagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i maktab o‘qituvchisini maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatida “Yangiyo‘l” TIF bojxona posti inspektori Qozog‘istondan temir yo‘l orqali olib kirilayotgan bug‘doyni muammosiz rasmiylashtirish evaziga uchinchi shaxs orqali 2700 AQSh dollari olgan paytda qo‘lga olindi. 

 

Samarqand viloyati Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroning turar-joyini xususiy bog‘chaga aylantirish uchun yong‘in xavfsizligiga doir ijobiy xulosa va rahnamolik berish evaziga 200 AQSh dollari olgan paytida ushlandi. 

 

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida esa Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i mahalliy MCHJga karyer faoliyati uchun ekologik xulosa va “Nakvoysoy” hududidan tosh-shag‘al qazib olishga ruxsat berish hamda kelgusida ko‘maklashish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan holda qo‘lga tushdi. 

 

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mansabdorlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//