Siyosat
Ahmadaliyev Abrorbek Qosimjonovich Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
1988-yilda Izboskan tumanida tugʻilgan Abror Ahmadaliyev 2012-yil Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.
Faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha kotibiyatining mudiri, Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat olib borgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q