Osiyo kubogini qoʻlga kiritgan oʻsmirlar terma jamoasi mukofotlanadi

Saqlash
15:44 / 21.04.2025 137 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonini imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unga koʻra, oʻzining yorqin isteʼdodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini koʻrsatgani, Osiyo kubogini qoʻlga kiritib, oʻzbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochgani, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning jahon miqyosidagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, yosh avlodni milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishida faol ishtirok etib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlanishi belgilangan:

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan:

 

Ismoilov Islombek Murodbek oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiysi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

 

Abdukarimov Miraziz Erkin oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Abdullayev Faridjon Nodirjon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Abdumoʻminov Azizbek Ikromjon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Aliyev Asilbek Ravshanjon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Baxodirxonov Muminxon Issoxon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Botiraliyev Hojiakbar Xayrullo oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Yerimbetov Azizbek Muxammed Ali uli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Izbaskanov Baxadir Maxsetbayevich - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Muradov Amirxon Shuxrat oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Musaxanov Muhammadali Alijonovich - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Muhammadov Akbar Alisherovich - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Rustamjonov Neʼmatulloh Shuhratjon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Rustamov Jamshidbek Abrorjon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Saidmurodov Behroʻz Gʻayrat oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Sarsenbayev Nurbek Raxatovich - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Fazliddinov Abdulloh Zayliddin oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Xakimov Muhammad Ulugʻbek oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Xasanov Sadriddin Zayniddin oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Habibullayev Muhammad Qodirjon oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Shokirov Ibroxim Jamshid oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

Shukurullayev Abubakir Aziz oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi

 

“Shuhrat” medali bilan:

 

Djurayev Otabek Rustamovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi

Tolipov Orifjon Boxodirovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi “Futbol TV” telekanali muharriri taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//