
Jamiyat
O‘zbekistonda ilk bor nogironligi mavjud boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi 2025-yil 21-apreldan 1-mayga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Olimpiadada 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, o‘ziga xos jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar, barcha ishtirokchilar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etishlari mumkin.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilar 10 ta kasb boʻyicha oʻzaro bellashadi. Bular:
• fotografiya;
• AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari);
• mobilografiya;
• rassomchilik;
• kashtachilik;
• kulolchilik;
• qandolatchilik;
• tornachilik;
• duradgorlik;
• quruq qurilish ishlari.
Tanlovda 389 nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etish istagida maxsus platformada roʻyxatdan oʻtgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, “Imkoniyatlar olimpiadasi”ni tashkil etishdan maqsad – nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish va mehnat bozorida ularning oʻrnini mustahkamlashdan iborat.
Tanlovning yakuniy bosqichi va taqdirlash marosimi 1-2-may kunlari “OʻZEKSPOMARKAZ”da oʻtkaziladigan “Inson uchun” respublika yarmarkasi doirasida boʻlib oʻtadi.
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q