Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qayumov Asadulla Urolovich “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” boshqaruv raisi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u qoʻmitadagi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qoʻmitaning rasmiy telegram kanalida xabar berildi.
Asadulla Qayumov ilk faoliyatini 2007-yil Qoʻmitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017-yilga qadar bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari hamda boshqarma boshligʻi lavozimigacha koʻtarilgan. 2022-2025-yillarda Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2019-yildan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ziyoviddin Badriddinov Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112002
Jamiyat
94706
Jamiyat
90714
Jamiyat
75507
Jamiyat
//
Izoh yo‘q