O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qildi

Saqlash
13:00 / 19.04.2025 569 0

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

 

Kun tartibidagi asosiy mavzular Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ishga jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi ta’lim tashabbuslarini yaratish masalalari bo‘ldi.

 

Viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 178
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

11:34 / 20.07.2026 0 96
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112684
76456

//