
Jamiyat
Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda mahsulotlarni markirovkalash, tovarlarni eksport qilish kabi masalalar ham oʻrtaga tashlandi.
Maʼlum boʻlishicha, salqin ichimliklar, maishiy texnika, farmatsevtika, alkogol va tamaki kabi mahsulotlarni markirovkalash tizimi joriy qilingan. Lekin barcha qonun-qoidalarga mos ishlayotgan tadbirkorlarning mahsulotlari bilan bir vaqtda markirovkasiz tovarlar ham bemalol sotilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Hamma doʻkonlar ham markirovka bilan ishlamagani uchun nazorat zanjiri uzilib qolmoqda.
Shu sababli ham Soliq va Bojxona qoʻmitalariga markirovkalashning ishlab chiqarish hajmiga salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish, markirovkalash talabi bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Yigʻilishda qimmat bozorlarda talab yuqori boʻlgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qoʻyilgani uchun koʻplab imkoniyatlar qoʻldan boy berilayotgani ham qayd etildi.
Taʼkidlanishicha, endilikda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov boʻlmasligi eʼlon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi. Bu tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat ekani urgʻulandi.
“Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni koʻpaytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat boʻladi”, dedi Prezident.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q