
Jamiyat
Hozirda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishga raislik qilayotgan Shavkat Mirziyoyev avvalo global iqtisodiy holatga toʻxtalib, uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz boʻlib borayotganini taʼkidladi.
Albatta, bu jarayonlar zanjirli taʼsir koʻrsatib, jahon iqtisodiyotini sekinlashuvi va xalqaro savdoni kamayishiga olib kelishi mumkin”, – dedi Prezident.
Davlat rahbari dunyodagi hozirgi holat haqida gapirar ekan, bunda rahbar xodimlar vaziyatga munosib harakat qilishi kerakligi masalasiga toʻxtaldi.
“Takror va takror aytaman – “hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi” deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yigʻilishda, shuningdek, koʻp rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra koʻp ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan oʻzi shaxsan shugʻullanishi shart va zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Xabarda yozilishicha, bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashgan. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak boʻlgan yangi-yangi masalalarni qoʻymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga esa savollar koʻp.
“Ayrim rahbarlar tendensiyalarni oʻrganib, xatarlarni toʻgʻri baholab, tadbirkorlarga yoʻl ochish oʻrniga oʻzlari toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.
Bundaylarga nisbatan qattiq chora koʻrilishi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q