Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

Saqlash
11:39 / 18.04.2025 172 0

Oʻzgidromet 20-aprelgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

Havo harorati bugun +18– +21, ertaga +14– +17 darajagacha pasayishi davom etadi.

 

20-aprel – yakshanba kuni faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Oʻzbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi.

 

20-aprelda kechasi va kunduzi havo nisbatan salqin boʻladi, harorat kechasi +5– +10 darajagacha pasayadi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni +20– +23 darajagacha isitadi.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat +18– +20 darajada boʻladi.

 

Shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +8– +10, kunduzi +15– +17 darajada boʻladi.

 

Yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7– +9, kunduzi +18– +20 darajada boʻladi.

 

Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//