Jamiyat
Ayni kunlarda BBC telekanalining suratga olish guruhi Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Xabarga koʻra, ular Navoiy viloyatida Oʻzbekistonning yovvoyi tabiatiga bagʻishlangan film suratga olmoqda.

Mazkur film respublikaning noyob qush turlarini saqlab qolish boʻyicha koʻrayotgan saʼy-harakatlari haqida hikoya qiladi.
“Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz bilan hamkorlikda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini mamlakatimizga muntazam ravishda taklif etib kelmoqda”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, hamkor xorijiy medialar Oʻzbekistonning boy tabiati, qadimiy tarixi, betakror madaniyati hamda turli sohalardagi salohiyati haqida koʻrsatuvlar tayyorlamoqda.
Maʼlumot uchun, 2024-yil davomida Tashqi ishlar vazirligi huzurida qariyb ikki ming nafar xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan oʻtkazilgan.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q