
Siyosat
Sirdaryo viloyatida davlat idoralari rahbar xodimlarining savodxonlik darajasini baholash maqsadida ulardan diktant olindi. Afsuski, natijalar ijobiy emas, deya xabar berdi OʻzA.
Qayd etilishicha, Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 9 nafar rahbar xodimidan 6 nafari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 5 nafar rahbar xodimidan 4 nafari, “Oʻztelekom” AJ Sirdaryo filialining 10 nafar rahbar xodimidan 7 nafari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ viloyat filialining 8 nafar rahbar xodimidan 4 nafari qoniqarsiz baho olgan. Diktantda qatnashgan rahbarlarning umumiy soni haqida maʼlumot berilmagan.
Taʼkidlanishicha, bu holat viloyat rahbariyati tomonidan jiddiy tanqidga olingan. Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov davlat tilida ish yuritish qonun talabi ekani, unga rioya qilish har bir rahbar va masʼul shaxsning fuqarolik burchi ekanini taʼkidlagan.
Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Milliy nom.uz” platformasi orqali turli sohalarga mos, zamonaviy va milliy ruhdagi oʻzbekcha nomlarni shakllantirish va joriy etish imkoni yaratilgani ham aytib oʻtilgan.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berilgan. Savodxonlikni oshirish, rahbar kadrlarni bosqichma-bosqich davlat tilida ish yuritish asoslariga oʻrgatish va ularni malaka oshirish markazlariga jalb etish yuzasidan choralar belgilangan.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q