
Jamiyat
2025-yil 17-aprelda qabul qilingan qonun bilan lotereya, bukmekerlik va internet orqali tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Mazkur oʻzgartish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057-son] bilan joriy etildi.
Ushbu qonun bilan shuningdek, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi.
Bundan tashqari, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.
Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.
Senat qonunni 21-fevralda maʻqullagan edi. Oʻshanda oʻzgartirishlar onlayn qimor oʻyinlarini tartibga solish, qimor oʻyinlariga qaram fuqarolarning ishtirokini cheklash mexanizmlarini hamda noqonuniy xorijiy xizmatlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutishi qayd etilgandi.
Dekabr oyida hukumat Oʻzbekistonda qimor oʻyinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqlagandi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5-yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd soʻm boʻlishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil apreldagi prezident farmoni bilan Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q