
Siyosat
Bugun 16-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bogʻlovchi jamoat transporti mavjud emas. Buning oqibatida kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur. Tigʻiz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat koʻrsatib, 25 ta yengil mashinani oʻrnini bosadi.
Joriy holat boʻyicha mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish vazifasi topshirildi.
Davlat rahbari Andijon shahri boʻyicha muhim tashabbus aytdi: Shahar markazida “Andijon turmasi” nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi joylashgan. Kundan-kunga shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshilib turgan vaqtda 100-yil oldin qurilgan bunday “sovuq” binoning markazda boʻlishi notoʻgʻri ekani qayd etildi.
Shu bois bu obyekt shahar chekkasiga koʻchirilishi, oʻrnida zamonaviy koʻngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q