Maktabda vinetka uchun kortej tashkil qilganlarga chora ko‘rildi

Saqlash
12:02 / 16.04.2025 337 0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari vinetka uchun kortej xizmatidan foydalangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 13-aprel, yakshanba kuni Namangan shahridagi 14-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Kortej mashinalari o‘quvchilar ishtirokida videorolik olish uchun maktab hududiga so‘roqsiz kirgan.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari va o‘zini tadbirkor deb taqdim etgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ham ko‘rgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//