Nikohdan ajratishda “yarashtirish davri” bekor qilinadi

Saqlash
09:44 / 16.04.2025 128 0

Prezident qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid o‘zgartirish kiritilishini tasdiqladi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva telegram kanalida ma’lum qilgan.

 

Buni ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqlarini hurmat qilish yo‘lidagi katta qadam deb hisoblayman. Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, u yerda murosaga kelish, yarashish har qanaqasiga imkonsizdir.

 

Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, o‘zingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang. Ota-onalar esa shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: qizingizning zo‘ravonlikdan qochib uyga kelishi emas, balki zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lishi — haqiqiy sharmandalikdir”, – deb yozadi Prezident yordamchisi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//