
Jamiyat
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Beruniy nomidagi YUNESKO-Oʻzbekiston xalqaro mukofotiga arizalar qabuli boshlanganini maʼlum qildi.
“Agar siz tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan, innovatsion yechimlarni ishlab chiqayotgan yoki sunʼiy idrok odob-axloqi sohasidagi izlanishlarga hissa qoʻshayotgan boʻlsangiz, jahon miqyosida eʼtirof etilish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, mukofot bilan ikki yilda bir marotaba 3 nafar sovrindor taqdirlanadi. Ularning har biri 30,000 AQSh dollari, “Beruniy” medali va sertifikat sohibi boʻladi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtadi.
Arizalar 2025-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashishga talabgor boʻlganlar yuklab olingan ariza soʻrovnomasini toʻldirib, uni beruniy.prize@unesco.org elektron manziliga yuborishi soʻraladi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q