
Madaniyat
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri hamda Indoneziya Respublikasining “Bumi Purnati” teatri jamoalari oʻrtasida “Imom al-Buxoriy va Sukarno” asarini sahnalashtirish borasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
2024-yilning kuz fasli davomida, shuningdek, “Imom al-Buxoriy” majmuasining taʼmirdan soʻnggi tantanali ochilish marosimi jarayonlarida spektakl premyerasi boʻlib oʻtgan.
Endilikda ushbu spektakl Indoneziyada sahnalashtiriladi. Xabarga koʻra, tomoshada Indoneziya Respublikasining hukumat rahbarlari tashrif buyurishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, ushbu sahna asari Indoneziya Respublikasining birinchi prezidenti Sukarno janoblarining 1956-yilda Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilish maqsadida yurtimizga tashrifi tafsilotlari haqida soʻzlaydi.
Asar hammualliflik asosida yaratilgan boʻlib, unda indoneziyalik dramaturg Ahmad Favzi va oʻzbekistonlik dramaturg Go‘zaloy Matyoqubova birgalikda ishlashgan.
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q