
Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasida oliy taʼlim muassasasi rektorlari, teatr direktorlari, yozuvchi va shoirlar, nuroniylar, olimlar bilan samimiy muloqot qildi.
Dastlabki manzil Nukus davlat pedagogika instituti boʻldi. U yerda yosh avlodni tarbiyalash, toʻgʻri yoʻl koʻrsatish, sanʼatga, kitobga, teatrga oshno qilish haqida suhbatlashildi. Takliflar eshitildi, mulohazalar muhokama qilindi.
Nuroniy va ziyolilar bilan muloqot qoraqalpoqlik iqtidorli yoshlar, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼat instituti Nukus filiali talabalari bilan uchrashuvga ulanib ketdi.
Yoshlar bilan ijtimoiy tarmoqlar, sunʼiy intellekt kabi zamonaviy yoʻnalishlarda olib borayotgan loyihalar haqida suhbatlashilgach, ularni qiynayotgan muammolar oʻrganildi, mutasaddilar bilan shu joyning oʻzida yechim topilib, kreativ yoshlar hamkorlikka jalb etildi.
Uchrashuvda, shuningdek, hozirda xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan ilgʻor qoraqalpoq yoshlari bilan ZOOM orqali ham muloqot qilindi.
Bundan tashqari, Otabek Hasanov Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida ham boʻldi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari u yerda harbiy yoshlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Taʼkidlash lozim, hozirda harbiylarni nafaqat jismonan, balki, ruhan ham kuchli boʻlishi, keng dunyoqarash, teran mulohaza, ilmli boʻlishini ham talab qilmoqda. Shu sababli ham Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Mudofaa vazirligi bilan doimiy tarzda hamkorlik ishlarini, turli loyihalarni birgalikda amalga oshirib kelmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q