
Jamiyat
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 46²-moddasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish va uni OAV hamda Internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda OʻzLiDeP matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, “Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi fraksiyaning navbatdagi yigʻilishida muhokama qilingan.
Xabarga koʻra, qonun loyihasida “sunʼiy intellekt” tushunchasiga taʼrif berilib, sunʼiy intellekt sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda maxsus vakolatli organning vazifalari ham belgilanyapti.
Bundan tashqari, axborot resurslarini yaratishda hamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalari va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslariga markirovka qoʻyish kabi majburiyatlar ham koʻrib chiqilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q