Hafta davomida ayrim hududlarda harorat +37 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
14:29 / 14.04.2025 148 0

Oʻzgidromet 14–18-aprel kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Ertaga 15-aprel kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

Ushbu kunlarda havo harorati +24– +29 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda +32– +37 darajagacha boʻladi.

 

16-aprelda respublikaning ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-aprel kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.

 

Havo harorati asta-sekin pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 16-aprelda +20– +25, 17-aprelda +18– +23, 18-aprelda +16– +21 darajada boʻladi.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Togʻoldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 17-18-aprel kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.

 

14–18-aprel kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +25– +28 daraja boʻladi.

 

16-aprelda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat +23– +25 daraja boʻladi.

 

17-18-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Harorat asta-sekin +17– +20 darajagacha pasayadi.

 

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12–15 m/s gacha kuchayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//