
Jamiyat
Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki(ITB) oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida qatnashayotgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, ITB Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvda Islom taraqqiyot banki kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etgan.
Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga oid grant shartnomasi tuzilgan.
Loyihaning asosiy yoʻnalishlari quyidagicha etib belgilangan:
▪️ respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
▪️ maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
▪️ oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;
▪️ inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
▪️ oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
▪️ maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.
Maʼlumot uchun, “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumi Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladi. Unda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi.
Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat hisoblanadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q