Jamiyat
Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat boʻyicha maxsus vakili, davlat rahbari huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari Abdulaziz Komilov “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni ofitseri” (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) mukofoti bilan taqdirlandi.
Mazkur orden Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, u 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan.
Orden adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi salmoqli xizmatlari uchun Italiya fuqarolari va xorijliklarni taqdirlashga moʻljallangan.
Komilovning ushbu orden bilan taqdirlangani hukumat gazetasining rasmiy saytida eʼlon qilingan press-relizda maʼlum qilingan.
Roʻyxatga Italiya va xorijiy davlatlardagi boshqa taniqli shaxslar ham kiritilgan.
Maʼlumot uchun, orden Italiya prezidenti tomonidan vazirlar kengashi raisining roziligi bilan odatda yiliga ikki marta — 2-iyun (Respublika tashkil topgan kun) va 27-dekabr (Konstitutsiya kuni)da beriladi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q