
Jamiyat
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda “Pedagoglar maqomi toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish loyihasi ishlab chiqildi.
Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirishga koʻra, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berishga nafaqat ota-ona, balki taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlari, yaʼni pedagoglar, tarbiyachilar, shifokor va hamshiralar ham masʼul shaxs sifatida belgilanmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Laylo Fayzimurodova buni quyidagicha sharhlagan:
“Ular bevosita voyaga yetmaganlar bilan ishlaydi va bolalar ularning ayrim vaqtda qaramogʻida boʻladi. Agar taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalari xodimlari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi bilan javobgarlikka tortilsa, bir yil ichida takroran bolaga nisbatan salbiy xatti-harakatni davom ettirsa, “Pedagoglar maqomi toʻgʻrisida”gi qonunga taklif etilayotgan oʻzgartirishga koʻra, muassasadagi faoliyati toʻxtatiladi”.
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, ushbu shaxs bolaning sogʻligʻiga ziyon yetkazgani sababli reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot hamda idoralar (bogʻcha, maktab, shifoxona va hokazo)ga ishga kirishi taqiqlanadi.
Xabarga koʻra, qonun loyihasi idoraviy kelishuvdan oʻtib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q