
Jamiyat
2025-yil I chorakda Oʻzbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni oʻtgan yilga nisbatan 527 nafarga koʻpayib, 15 ming kishiga yetdi.
Oʻtgan yilgi maʼlumotga qaraladigan boʻlsa, mamlakatda ipoteka krediti oluvchilar keskin kamaygan edi. Joriy yilning boshida esa ayollar tufayli oʻsish kuzatilgan.
Tahlilga koʻra, oʻtgan 3 oyda 5,6 ming ayol uy sotib olish uchun kredit rasmiylashtirgan. Bu 2024-yilga nisbatan 749 nafarga koʻproq degani.
Erkaklarda ipoteka krediti olish koʻrsatkichi 2024-yilga nisbatan biroz kamaygan — 222 nafarga.
Ajratilgan jami ipoteka kreditlari miqdori 4,46 trln soʻmni tashkil qilgan. Shundan 75 foiz kredit yangi uylarga ajratilmoqda. 2024-yilda bu koʻrsatkich 65 foiz boʻlgan.
Tahlilda yozilishicha, ipoteka kreditlarining oʻrtacha foiz stavkalari bir necha yillik eng past darajaga tushgan. Jumladan, banklar hisobidan ipoteka oʻrtacha 24,5 foizdan 23,4 foizga pasaygan boʻlsa, davlat hisobidan ipoteka 17,8 foizdan 16,9 foizgacha pasaytirilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q