
Madaniyat
Foto: globalheritagetravel.com
Xoʻjand shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston rahbarlari uch tomonlama sammiti doirasida Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev “Navroʻz — mintaqadagi eng qadimiy madaniy-sayyohlik merosi” mavzusidagi mintaqaviy sayyohlik forum-muloqotida ishtirok etdi.
Xabarga koʻra, forumda Oʻzbekiston qoʻshni davlatlar bilan madaniy, tarixiy, va tabiiy yodgorliklar xilma-xilligi bilan tanishish imkonini beruvchi yangi sayyohlik yoʻnalishini yaratish taklifini ilgari surgan.
Jumladan, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning noyob tabiiy qoʻriqxona, togʻ tizimi va koʻllari, shuningdek, qadimiy shaharlari va boshqa diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishni oʻz ichiga olgan “Fargʻona vodiysining oltin sayyohlik halqasi”ni yaratish masalasi koʻrib chiqilgan.
Shu bilan birga, ushbu uchta mamlakatda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarini birlashtiruvchi “Navroʻz — Markaziy Osiyo qalbida” deb nomlangan qoʻshma madaniy-sayyohlik yoʻnalishini tashkil etish masalasi ham muhokama qilingan.
Taʼkidlanishicha, forum doirasida ishtirokchi davlatlar sayyohlik kompaniyalarining marshrutlari va mahsulotlari taqdimoti hamda B2B uchrashuvlari oʻtkazilgan. Ular natijasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va sayyohlarni jalb etishga qaratilgan bitimlar imzolangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q