
Jamiyat
Oʻzgidromet 11–13-aprel kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining choʻl hududlarida 12-aprel kuni yomgʻir yogʻadi va momaqaldiroq kuzatiladi.
13-aprel – yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida (baʼzi joylarda) faqat kechki paytda qisqa muddatli momaqaldiroqli yogʻingarchilik kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda koʻpchilik viloyatlarda juda iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +27– +32 daraja atrofida, baʼzi joylarda +34 darajagacha, janubda +36 darajagacha boʻladi.
Respublikaning shimolida 12-aprel kuni havo harorati +18– +23 darajagacha pasayadi, ammo 13-aprelga kelib, harorat yana koʻtarila boshlaydi.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda 11-12-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Toshkent shahrida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat 13-aprel kuni kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.
Harorat asosan kechalari +14– +19, kunduz kunlari +27– +32 daraja issiq boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q