Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasining 1055-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Shulardan biri Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli boʻlib, hujjat bilan kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlar va boshqa qurilmalar oʻrnatilganligi, shuningdek, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):
▪️ BHMning 1 baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarima solishga;
Agar xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1-yil davomida takror sodir etsa:
▪️ BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q