“Faqat budjetga qarab qolmasdan, xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!” – Prezident

Saqlash
11:17 / 10.04.2025 150 0

 

Prezident raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Yigʻilishda, toʻrt yil mobaynida madaniy meros obektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga budjetdan 385 milliard soʻm berilgani aytildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obekt taʻmirtalab ahvolda.

 

“Faqat budjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!”, - dedi prezident.

 

Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga shu yilning oʻzida 400 ta obektni tadbirkorlarga ijaraga berish topshirildi.

 

Turizm obektlariga kuniga minglab odam kirgani bilan, tushumlar raqamlashmagani uchun tizim shaffof emasligi qayd etildi. Vaholanki, ochiq tizim qilib, tushumni oʻzidan taʻmirlash ishlarini bajarish mumkin. Shu munosabat bilan barcha obektlarda kirib-chiqishni avtomatik hisobga oladigan moslama oʻrnatish zarurligi taʻkidlandi.

 

Respublikaning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi belgilandi.

 

Taʻkidlanishicha, 2025-yil madaniy meros obektlari restavratsiyasiga kamida 4 million dollar grant jalb qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//