Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida soʻnggi yillarda ichki turizmga eʼtibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetgani (2017-yilda 5 millionta edi) qayd etildi.
Unda haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar koʻp ekanligi taʼkidlanib, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb eʼlon qilinishi maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, yoshlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblariga “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini sovgʻa qilish yoʻlga qoʻyiladi. Har yili ichki turizm targʻibotini kengaytirishga 20 milliard soʻm ajratiladi.
Videoselektorda shuningdek, mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112183
Jamiyat
94869
Jamiyat
90944
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q