“Moʻynoqda oʻtadigan “Stixiya” festivaliga kelgan sayyohlarni koʻproq olib qolish uchun yangi tashabbuslar kerak” – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
16:42 / 09.04.2025 185 0

Bugun, 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish boʻyicha bir qator vazifalar qoʻydi.

 

Turizm qoʻmitasi hokimliklar bilan birgalikda 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish boʻyicha katta dastur tasdiqlaydi.

 

 

Sariosiyo tumani hududining asosiy qismi togʻlardan iborat boʻlib, qishki turizm uchun katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi. Bu yerda dor yoʻli, mehmonxona va savdo-servis xizmatlari sohasida 200 million dollarlik loyihalar qilsa boʻladi, deyiladi xabarda.

 

Yana bir misol, Chortoq oʻzining shifobaxsh suvlari bilan mashhur boʻlsa-da, tuman hokimi yangi loyiha qilish uyoqda tursin, bor sanatoriyalarga ham xorijiy sayyoh olib kela olmayapti. Yoki, Moʻynoqda har yili oʻtadigan “Stixiya” musiqa festivaliga kelgan sayyohlarni koʻproq olib qolish uchun yangi tashabbuslar kerak, — deydi Prezident.

 

Videoselektorda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 36 ta tuman va shahar boʻyicha master rejalar ishlab chiqishni tezlatib, loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirish vazifasi topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//