Jamiyat
ChatGPT ishlab chiquvchisi boʻlgan Amerikaning OpenAI sunʼiy intellekt kompaniyasi Oʻzbekistonda soliq toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Kecha, 8-aprel kuni kompaniya Soliq qoʻmitasining elektron xizmat yetkazib beruvchilarning maxsus platformasida roʻyxatga olingan. Shuningdek, AQSHning DigitalOcean bulutli xizmatlar provayderi ham elektron xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida qoʻmitada hisobga olingan.
Shu tariqa, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi. 2025-yil boshidan jami 7 ta kompaniya soliq toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yilning noyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonliklarga ChatGPTʻga roʻyxatdan oʻtib, foydalanish huquqi berilgan edi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q